Toşkent şahridagi avtobuslarga internetdan tekin foydalaniş imkonini beruvçi Wi-Fi örnatilişi boşlangan. Bu xizmatdan birinçi bölib "Toşkent" vokzalidan "TTZ" bozorigaça qatnovçi 14-yönalişdagi avtobuslar yölovçilari foydalanişgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi "Potrebitel.uz" guruhi foydalanuvçisi ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, avtobusdagilar köpçilik bölib Wi-Fi`ga ulanişgan bölsada, internet tezligi yaxşiligiça saqlanib qolgan.
Fotoxabar qoldirgan foydalanuvçi avtobus içidagi Wi-Fi haqidagi e'lon suratini ham keltirgan. E'londa: "Bu avtobusda Wi-Fi bor", deya yozilgan va ulaniş mumkin bölgan tarmoq nomi ("WI-FI-BUS") körsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqdagilar bu yangilikka ikki xil munosabat bildirişgan. Ba'zilar bu xabarni ma'qullaşgan va bu xabarni soha rivojidagi muhim xabar sifatida baholaşgan, boşqalar esa "bepul internetning sanoqsiz talabgorlari tufayli bu avtobusga çiqiş qiyinlaşişi mumkinligi"dan xavotir olişgan.






