Razer kompaniyasi öta arzon va elektron komponentlardan iborat bölmaydigan Razer Blade Stealth Notebook deb nomlangan "noutbuk" işlab çiqarişini e'lon qildi. Uning narxi bor-yöği 10 dollarni taşkil qiladi.
Yangi mahsulot özidan haqiqiy noutbuk Razer Blade Stealth uslubida işlangan yon daftarçani akslantiradi (notebook inglizçadan "bloknot"ni (yon daftarça) bildiradi). Yon daftarçaning muqovasi noutbukning qopqoği kabi oçiladi. Yon daftarçaning birinçi beti klaviatura kabi körinişda bölib, uning ortidan yoziş uçun oq qoğozlar keladi.
Suratda namoyiş qilingan quloqçin va qalam yon daftarça töplamiga kirmaydi, u şunçaki yon daftarçaning ölçamlarini baholaş uçun berilgan.
Bu "noutbuk" yirik işlab çiqaruvçi tomonidan 10 dollarga işlab çiqariladigan birinçi va oxirgi noutbuk bölsa kerak.






