Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya Kubogi final uçraşuvini azaliy raqibi hisoblanmiş Madridning «Real» klubi uy stadioni «Santyago Bernabeu»da ötkazilişini istamoqda. Bu haqda AS naşri xabar tarqatdi.
«Barselona» Ispaniya kubogi doirasidagi yarim finalning dastlabki uçraşuvida «Valensiya» ustidan 7:0 hisobida ğalaba qozongaç, amalda javob uçraşuvi oldidan final yöllanmasini naqd qilib böldi. Şuningdek, ikkinçi finalçi nomi ham deyarli ma'lum: «Sevilya» «Selta»ga qarşi dastlabki uçraşuvda yirik (4:0) hisobda ğalaba qozondi.
«Barselona» klubi neytral maydon sifatida siğimi kattaroq bölgan «Santyago Bernabeu»da öynaşni ma'qul körayotgani aytilgan. «Real» rahbariyati esa bunga qarşilik körsatişi kutilmoqda.
Ispaniya futbol federatsiyasi ixtiyorida zaxira stadionlari sifatida «Visente Kalderon» va «Mestalya» variantlari bor.






