Eron armiyasi boşliği Oyatulloh Salohiy Eron özining raketa dasturini davom ettirişini ma'lum qildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.
"Biz Eronga nisbatan bildirilgan tanqidga heç qanday e'tibor bermaymiz. Raketa dasturi yadroviy bitimni buzmaydi", deb aytdi Salohiy.
Salohiyning aytişiça, raketa dasturi qöşni davlatlar xavfsizligiga ham tahdid solmaydi.
Avvalroq Eron ballistik raketani sinovdan ötkazgani sabab Fransiya Yevropa Ittifoqini Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritişga çaqirgani ma'lum qilingandi.
Şuningdek, AQŞ ham Eronga nisbatan sanksiya kiritgan. Eronga kiritilgan sanksiyalar röyxatiga Eronning 6 nafar fuqarosi, bir nafar Xitoy fuqarosi, BAAdan ikkita va Xitoydan bitta kompaniya, şuningdek, Anhui Land Group So. Limited va BAAning Candid General Trading LLC va Mabrooka Trading Co LLC. kompaniyalari kiritilgan.






