Farzandlar öz-özidan ulğayib qolişmaydi. Ularni komil va mehrli inson qilib voyaga yetkaziş uçun ota-onalardan katta e'tibor va bilim talab qilinadi.

Xabardor.uz portugaliyalik bloger Ana Karolinaning öğliga qilgan nasihatlarini muştariylar e'tiboriga havola etadi.

1. Bobong va buving bilan ötkazgan vaqtingning qadriga yet.

2. Birov bilan qöl berib söraşganingda öşa odamga qarab söraş.

3. Sening gaping emas, işing muhimroq.

4. Iste'dod mehnat orqali yuzaga çiqadi.

5. Qizlarga pokiza yigitlar yoqadi. Doimo ozoda yur.

6. Vaziyatni kuç bilan hal qilişdan boşqa yöling yöq bölsa, birinçi bölib zarba ber. Bor kuçing bilan.

7. Onangning har bir pişirib bergan taomini maqtab qöy.

8. Agar özingni jamiyatda katta ta'sirga ega böldim deb hisoblasang, biror kişining itini ortingdan ergaştirişga urinib kör.

9. Sartaroşxonalar uçun köp pul sarflama. 

10. Heç qaçon tovlamaçilik qilma. 

11. Boşqalarni tinglaşni örgan.

12. Senga yordam berganlarga minnatdorçilik bildirişni unutma.

13. Gapiradigan sözingning ma'nosini bilmaydigan bölsang, keç bölmasidan avval sörab bilib ol.

14. Piyoda yur. Bu soğliq uçun foydali.

15. Agar jahlga mingan holda xat yozgan bölsang, uni jönatişdan oldin yaxşilab öqib çiq. Keyin esa yöq qil.

16. Heç qaçon ayol kişi bilan bahslaşma.

17. Özing mustaqil sayohat qilişga urinib kör.

18. Mutaxassis bölib yetişişing mumkin bölgan sohani tanla. 

19. Ota-onang körmasligi lozim bölgan fotosuratni internetga heç qaçon joylaştirma.