Kuniga ikki bora qahva içilsa, bu jigar sirrozi tahdidini hamda davosiz darddan öliş xavfini ikki barobarga kamaytiradi. Sautgempton universiteti professori Juliya Parks boşçiligidagi britaniyalik olimlar guruhi tomonidan ötkazilgan meta-tahlil natijalari Alimentary Pharmacology & Therapeutics jurnalida çop etildi.

Olimlar 1994-2015 yillar örtasida ötkazilgan 2 mingdan ortiq tadqiqotlar natijalarini örganib, ulardan jami 432 ming kişini qamrab olgan 9 tajriba tanlab olindi. Natijada ular quyidagi xulosaga kelişdi: qahvani kuniga ikki bora iste'mol qiliş sirroz kelib çiqiş xavfini 44 foizga, undan öliş xavfini esa 50 foizga qisqartiradi. Bu juda katta körsatkçidir; masalan, statinli terapiya yurak-tomir xastaliklariga çaliniş xavfini 25 foizgagina qisqartiradi.

Bu ta'sir nima bilan boğliqligi hali tuşunarsiz. Mualliflar qahva kofeindan boşqa bir qator muhim moddalarni öz içiga olişini eslatib ötişdi, bular orasida aksiloksidativ va yalliğlanişga qarşi birikmalar (kafestol, kaveol, xlorogen kislotasi) bor. Bular jigarning qöşimça himoyasini ta'minlab berişga qodir. Bundan taşqari, bilvosita ta'sirni ham istisno qilmayapti (gepatit yoki 2-tipdagi gepatit xastaligining kamaytirilişi singari).