Pentagon oğir yaralangan askarlarga ham reproduktiv funksiyani saqlab qoliş imkonini beradigan tajribaviy dasturni işga tuşirmoqda. Bu haqda The New York Times naşri yozmoqda.
Dastur taşabbuskori mudofaa vaziri Eşton Karterdir. Endilikda harbiy xizmatga keluvçi erkak va ayollar spermasi va tuxum hujayralarini saqlaşga topşiradi. Barça xarajatlarni mudofaa idorasi öz zimmasiga oladi.
Şu tariqa askarlarning jangovar ruhini kötariş rejalaştirilmoqda. Nasl qoldiriş masalasi hal qilinganidan söng harbiy xizmatçilar oğir jarohat oliş istiqboliga yengilroq munosabatda bölişi kutilmoqda.Bundan taşqari, 20-40 yoşdagi ayollarning armiyadan ketib qolişi bilan boğliq muammo ham hal qilinadi: bu yoşda ayollar odatda armiyadan ketib, özlarini farzand köriş va oila qurişga bağişlaydilar.






