Şanxay hamkorlik taşkilotining 2016 yildagi faoliyatida eng istiqbolli yönaliş Toşkentda ötadigan taşkilotga a'zo davlatlar yetakçilarining 15-sammiti böladi. Bu haqda taşkilotning yangi boş kotibi Raşid Alimov bayonot berdi.

“2016 yil Şanxay hamkorlik taşkiloti uçun öziga xos böladi, - dedi u boş kotiblik lavozimiga kiriş munosabati bilan ötkazilgan qabul çoğida. – Iyunda Toşkentda ŞHT yetakçilarining uçraşuvi bölib ötadi, unda taşkilotning 15 yillik faoliyatiga baho beriladi. Yubiley sammitga tayyorgarlik 2016 yilning eng ustuvor yönalişidir”.

Tojikiston vakili bölmiş Raşid Alimov 2016 yil yanvaridan ŞHT boş kotibi lavozimini qabul qilib oldi. U mazkur lavozimda Dmitriy Mezentsevning örnini egalladi.

Alimov taşkilot oxirgi 15 yil içida köp qutbli dunyoning eng muhim tortişiş nuqtalaridan biriga aylanganini ta'kidlab ötdi.