Xitoyning eng yirik banklari – Bank of China va Agricultural Bank of China banklarining Rossiyadagi filiallari 2015 yil dekabrdan Rossiyadan öz aktivlarini olib çiqib ketişni boşlaşdi. Bu haqda "Izvestiya" naşri xabar bergan.
Rossiya va Xitoy örtasida eksport-import munosabatlariga ixtisoslaşgan Bank of China eng köp miqdorda aktivni olib çiqib ketgan. Dekabr oyida uning Rossiyadagi aktivlari 55,9 mlrd rubldan 38,5 mlrd rublgaça, ya'ni 31 foizga qisqarib ketgan.
"Biz Rossiya va Turkiya örtasidagi ixtilofga javob bermayapmiz. Aktivlarning pasayişi rossiyalik yuridik şaxslar bankda oçilgan hisob raqamlardan mablağlar olgani bilan boğliq. Bu ularning huquqi va biz uni bajarganmiz", deb aytdi bank vakili.
Ekspertlarning fikriça, bu holatga neft narxining pasayişidan taşqari, Xitoy fond bozorlarida vaziyatning yosmonlaşgani qöşimça omil bölgan. Bu şaroitlarda Xitoy banklari xorijda, ayniqsa valyutalari nobarqaror bölgan davlatlarda kengayişni yiğiştirişga qaror qilişgan.






