Agar siz Xitoydagi avialiniyalar orqali parvoz qilgan bölsangiz, ming tavoze va oçiq çehra bilan sizga qahva quyib bergan körkam styuardessalar yodingizda qolgan bölsa kerak. Lekin ular bu işga ötgunlariga qadar qanday murakkab jismoniy-ruhiy tayyorgarlikdan ötganini xayolingizga ham keltirmagansiz. Bu kasbda çiroyning özi eng muhim ahamiyat kasb etmaydi.

E'tiboringizni Xitoyda styuardessalarning qanday tayyorlanişiga qaratamiz.

Siz suratda körib turgan qizlar Xitoyning Siçuan provinsiyasidagi Fuqaro aviatsiyasi kolleji talabalari—bölajak bort kuzatuvçilar. Ular oddiy daraxt novdasini tişlab olgan. Bu doimiy çiroyli tabassumga örgatiş maşqi uçun. Boş ustidagi jurnal ham şunçaki emas. Undan qizlarning qomatini adl va töğri tutişlariga örgatişda foydalaniladi.

Qomatni töğri va rost tutiş styuardessalar uçun juda muhim. Buning har tomonlama mukammal bölişi uçun turli usullardan foydalaniladi: qizlar boşiga qöyilgan şişa idiş ham şu maqsadga xizmat qiladi. Ular har kuni uç daqiqa şişa bilan maşğulot ötkazişadi.

Bölajak styuardessalar A4 ölçamidagi qoğozni oyoqlari orasida tutib turişlari kerak. Bu töğri turişga örgatadi.

Darslarda parvoz etiketlariga xos barça xatti-harakatlar örgatiladi.

Xavfsizlik borasidagi saboqlar ham şular jumlasidan. Bu uçun alohida darslar belgilangan. Bort kuzatuvçilari kung-fu hamda taekvondo kabi jang san'ati turlarini ham özlaştirişlari kerak.

Ba'zi jang san'ati usullari oçiq maydonda ötkaziladi va bu harbiy askarlar saboqlarini yodingizga soladi. Styuardessalarning şunday maşğulotlar bilan şuğullanişiga işonişingiz qiyin, albatta. Lekin bu haqiqat.