YouTube videoxostingi 3ta film va PewDiePie nomi ostida maşhur bölgan şved videoblogeri Feliks Kellberg iştirokidagi serial namoyişiga tayyorlanmoqda. Bu haqida Variety xabar bergan.

Eksklyuziv filmlar va dasturlar faqatgina YouTube Red obunaçalari uçun. Pullik obuna ötgan yilning oktabr oyida start olgandi. 10 dollarlik obuna reklamalarni öçirib qöyiş va YouTube`ning asl kontentiga kiriş imkonini beradi.

Uç filmdan biri: «Yakkaşohlar mamlakatiga sayohat» nomli hujjatli film. Unda bloger Lili Singxning butun jahon böylab sayohati haqida hikoya qilinadi. Şuningdek, «Raqqos oromgoh» (AwesomenessTVdan musiqiy drama) va Rooster Teeth hamda Fullscreen Films`ning «Lazer jamoasi» nomli fantastik ekşen-komediyasi namoyişga qöyiladi.

«Qörq, PewDiePie» serialida YouTube`da 42 million obunaçisi bölgan maşhur bloger boş rolni ijro etgan. Serial «Yuruvçi murdalar»ning prodyusserlari iştirokida tayyorlanmoqda. Şou horror janrida bölib, u blogerning videoöyinlarga muhabbati asosiga qurilgan. Boş qahramon öz imkoniyatlarini doimiy ravişda qörquvga qarşi turiş yöli bilan sinovdan ötkazadi.

Hozirda YouTube Red`ga obuna böliş imkoni faqat amerikalik foydalanuvçilarda mavjud.