OpenSignal kompaniyasi 4G-internet tezligi böyiça jahon davlatlari reytingini e'lon qildi. Singapur eng tez 4G-internetga ega davlat sifatida mazkur röyxatning birinçi poğonasidan örin oldi. Uşbu mamlakatda LTE-tarmoği tezligi 37 Mbit/s ni taşkil etdi.

Yangi Zellandiya ikkinçi (29 Mbit/s), Vengriya uçinçi (28 Mbit/s) örinni band etdi. 

LTE-tarmoği qamrovi böyiça esa Janubiy Koreya reytingda yetakçilik qildi – 97 foiz. Gongkong 86 foizlik natija bilan ikkinçi poğonani band etdi. Tadqiqotçilarning qayd etişlariça, yuqori natijalar kiçik, ammo aholisi ziç davlatlarda kuzatilgan.

OpenSignal tahlilçilari ma'lumotlarni ularning mobil ilovasi örnatilgan yuz minglab smartfonlar asosida töplaşdi. Bunda foydalanuvçi mahalliy operatorning 4G-tarmoğiga ulanişi talab etiladi.