Eron AQŞ dollaridan boğliqligini kamaytirmoqçi va şu maqsadda hukumat neftni yevroda, neftni yetkazib berişga şartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs böyiça sotmoqçi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Eron milliy neft kompaniyasidagi (NIOC) manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Bundan taşqari, Eron hukumati sanksiyalar olingandan keyin avval muzlatilgan hisob raqamlaridagi pullarni dollarda emas, yevroda olişni istamoqda.

Manbaning aytişiça, mamlakat sanksiyalar ostida bölganda Eron Markaziy banki xorijiy hisob-kitoblarni yevroda ötkazişga qaror qilgan. Manbaning tuşuntirişiça, dollardan voz keçiş siyosiy sabablar tufayli buyurilgan.

Manbaning ta'kidlaşiça, Eron milliy neft kompaniyasi Fransiyaning Total, Ispaniyaning Cepsa va Litasco kompaniyalari bilan dollarda savdo qilmoqçi.

Yuqoridagi körsatilgan kompaniyalarda bu xabarga izoh berişdan boş tortildi.