"Liverpul" jamoasi boş murabbiy Yurgen Klopp appenditsit (köriçakning yalliğlanişi) borligi gumon qilinib, şifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda jamoaning tvitterdagi rasmiy akkauntida xabar berilgan.
Öz-özidan u endi APLning 25 turida, bugun Toşkent vaqti bilan soat 20:00da boşlanadigan "Sanderlend"ga qarşi öyinni ötkazib yuboradi. Bu öyinda jamoani uning yordamçilari Jyelko Buvats va Peter Kravets boşqarib turadi.
Qayd etilişiça, öyinoldi matbuot anjumani vaqtida (keça ötkazilgan - tahririyat) murabbiy heç qanday oğriqdan şikoyat qilmagandi. Faqat bugun kunning ikkinçi yarmida uning oşqozon sohasida kuçli oğriq sezilgan. Agar unda appenditsit borligi tasdiqlansa, "Liverpul" yana ança vaqt boş murabbiysiz qolişi mumkin.






