«Liverpul» hujumçisi Deniyel Starrij yozgi transferlar vaqtida jamoasini özgartirişi mumkin.

Angliya terma jamoasiga nomzod hisoblanuvçi bu hujumçi özining jamoada doimiy ravişda jarohat olişidan norozi va boşqa jamoaga ötmoqçi. The Telegraph naşrida uning agentlari takliflar bölsa, körib çiqişi aytilgan.

Bundan taşqari, futbolçi mersisaydliklarning amaldagi boş murabbiyi Yurgen Klopp bilan yaxşi munosabat örnata olmagan. Murabbiy biroz oldinroq, unga oğriq bilan kuçli oğriqning farqiga boriş kerakligini uqtirgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Starrij «Liverpul» safiga 3 yil oldin «Çelsi»dan kelib qöşilgandi. U ötgan 3 mavsum davomida 618 kunni jarohatlarini davolaş bilan ötkazdi. U bu vaqt içida 18 marta jarohat olgan.

Ikki tomonning şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amalda bölişi közda tutilgan. Şu yilning yozida «Liverpul» u bilan şartnomani uzaytirişi yoki transferga qöyişi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Starrij Angliya çempionati doirasida 5ta öyin ötkazib, 2ta gol urgan.