Motor1 naşri buyurtmasiga köra, ayğoqçilar Porsche Panamera avtomobilining universal kuzovga ega yangi versiyasini suratga tuşirişga muvaffaq bölişdi.
Modelning asosi 2012 yili Parij avtosalonida namoyiş etilgan Panamera Sport Turismo kontsept-kariga öxşab ketadi. Avvalroq, yangi “Panamera”larning xetçbek kuzovli versiyasi rasmlari, şuningdek intererining suratlari ham tarqagandi.
Modelning multimedia tizimi katta ekran ega va avvalgidan ança kuçaytirilgan. Markaziy konsoldagi an'anaviy tugmalar sensorga almaştirilgan.

Porsche Panamera`ning yangi avlodi folksvagenga xos MSB modulda işlanadi. Konstruktsiyadagi özgartiş sabab xetçbek yanada yengil böladi. Ya'ni alyuminiy, magniy va öta qattiq temirdan işlangani sababli avvalgi versiyadan 91 kg kamroq toş bosadi.

Olti va sakkiz silindrli dvigatellar yangi avtomobil uçun maxsus qayta işlab çiqildi. Gibrid modifikatsiya ham takomillaştirildi. Porsçe`ning yetakçi muhandisi Volfgang Xattsning sözlariga köra, xetçbekning V6 va V8 motori imkoniyati sport maşinalarinikiga yaqin böladi.
Panamera`ning yangi avlodi 2017 yilda avtobozorlarga çiqarilişi kutilmoqda.






