Buxoroda temir yöl vokzalining yangi binosi qurilmoqda, deb xabar bermoqda "Özbekiston temir yöllari" AJ axborot xizmati.

Vokzalning eski bir qavatli binosi uzoq 1902 yilda qurilgan edi va ötgan yilning yozida buzib taşlangan. Öşanda yangi vokzalning fundamenti qöyilgan va qurilişi boşlangan.

Yangi ikki qavatli vokzal binosi bir vaqtning özida 200 dan köproq yölovçiga xizmat körsata oladi. Vokzalda kutiş zalidan taşqari, VIP-zal va mehmonlar uçun 4 ta dam oliş xonasi, onalar va bolalar xonasi, bolalar xonasi, tibbiy punkt va bufet böladi.

Ayni vaqtga kelib vokzalning devorlari kötarildi, tomi yopildi. Perron qismi kengaytirildi, imkoniyati çeklangan odamlar qulay harakatlanişi uçun maxsus yölaklar qurildi.

Bahorda vokzal oldida favvora, temir yöl kassasi va avtomobil uçun turargoh quriladi. Vokzalni sentabrda foydalanişga topşiriş rejalaştirilmoqda.

Buxoro temir yöl vokzali kassasida har kuni mahalliy va xalqaro yölanişlarga 9 mingta çipta sotiladi. 2015 yilda çiptalar savdosi 2014 yilga nisbatan 9 foizga, yölovçilar soni esa 12 foizga oşgan.