Britaniyada yaşovçi 53 yoşli Mark Kryuger iPhone 5 smartfoni sabab kelib çiqqan yonğinda halok böldi. Ma'lum bölişiça, smartfon uning yonida tun böyi zaryadlaş uçun suqilgan holda qolib ketgan. Bu haqida The Independent xabar bergan.
Huquq tartibot organlari xodimlari qurilma quvvatlaş uçun manbaga ulangan holda qolganini tasdiqladi. The Independent naşrining yozişiça, Mark Kryuger miya şişi xastaligidan aziyat çekkan, öz yotoğida muntazam ötirib, on-layn savdolar qilişni yoqtirgan va doim smartfonni özi bilan birga olib yurgan.
Patologoanatomik tekşiruv natijalariga köra, marhumning qonidan heç qanday alkogol topilmagan. Biroq kuçli oğriq sababli morfin moddasini qabul qilib turgani ma'lum böldi.
Yonğin oqibatida Mark Kryuger tanasining 64 foiz qismi kuyib ketgan, yuzning kuyişi esa birinçi darajada. Kökrak va nafas yöllarida tutun qurumlari aniqlangan.

Tekşiruv böyiça laboratoriya ekspertlari yonğin sabablarini iPhone 5 smartfonining tun böyi quvvat oliş manbaida qolgani, kutilmaganda qizib, yonğin çiqqanini ta'kidlaşdi. Qolaversa, qurilma mato ostida bölgan va havo almaşiş jarayoni yöqligi uçun kiçik qiziş yonğinga aylanib ketgan. Bu paytda uyquda bölgan Mark Kryuger tutundan zaxarlanib, hayotdan köz yumgan.






