Ispaniyaning Cybermetrics Lab tadqiqot guruhi butun dunyodagi oliy öquv yurtlari saytlari reytingini e'lon qildi.
2016 yil reytingida jahondagi 24 mingdan ziyod oliy öquv yurtlari saytlariga baho berilgan. Bunda saytning qidiruv tizimlarida mavjudligi, giperhavolalar miqdori kabi körsatkiçlar inobatga olingan. Global reytingda birinçi örinni Garvard universiteti sayti egalladi. Ikkinçi örinda Stenford universiteti, uçinçi örinda esa Massaçusets texnologik instituti qayd etilgan.
Uşbu reytingda Özbekistondagi 66ta oliy öquv yurti sayti joy olgan. Unga köra, Özbekiston Milliy universiteti sayti milliy segmentda birinçi (global reytingda 6565), Samarqand davlat universiteti ikkinçi (8084), Samarqand qişloq xöjaligi instituti esa uçinçi (8408) örinda qayd etilgan.






