BMT boş kotibi Pan Gi Mun Jyenevadagi Suriya muzokaralarining buzilişi Rossiyaning Aleppoda Başar Asad qöşinlarining quruqlikdagi amaliyotlariga kömaklaşiş istagidan voz keçmayotlari bilan boğliq ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Financial Times naşri xabar qildi.
“Uçraşuvga yiğilişimiz bilan Aleppoda bombardimonlar va quruqlikdagi amaliyotlar boşlab yuborildi, - dedi Pan Gi Mun Londonda FT`ga bergan intervyusida. - Bu esa Staffan de Mistura [BMTning Suriyadagi maxsus elçisi]ni noqulay ahvolga solib qöydi”.
BMT boş kotibining fikriça, Suriya böyiça favqulodda zaif diplomatik jarayon öt oçişlarni zudlik bilan töxtatilişini talab qilmoqda.
Pan Gi Mun fikriça, Rossiyaning Asad tuzumini qöllab-quvvatlayotgani vaziyatni ijobiy hal etişdagi harakatlarga öta salbiy ta'sir körsatmoqda.
“Havodan hujumlarning davom ettirilişi, jumladan, terroristlarga qarşi qonuniy harakat qiliş ham tinç aholi vakillarining ölimiga, fuqaro obektlarini vayron bölişiga olib kelmoqda. Ayniqsa hozir, muzokaralar boşlangandan söng öta ehtiyotkorlik zarur. Biroq muhim muammolarni muhokama qiliş örniga Suriya hukumati kötarib çiqqan kimni taklif qilamiz, kimni esa yöq, qabilidagi mayda-çuydalar muzokaralarni bulğadi”, - dedi BMT boş kotibi.






