Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqara Suriyada AQŞ taklifi bilan Saddam Husayn tuzumini ağdariş uçun koalitsiyaga kirişni rad etgani kabi xatolarga yöl qöymasligi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
"Biz Suriyada ham Iroqdagi kabi xatoga yöl qöymoqçimasmiz. Suriyada bölayotgan voqealar ma'lum vaqtgaça davom etişi mumin. Qandaydir vaqtda u özgarişi kerak", deb aytdi Erdöğan.
Erdöğanning aytişiça, Turkiya harbiy kuçlari Suriyada "istalgan vaziyatlarga tayyor". U turk qöşinlarining Suriyada quruqlikdagi operatsiyani ötkazişi mumkinligi borasidagi savolga "bunday narsalar haqida gapirib bölmasligini" aytdi. Biroq "zarur bölganda, kerakli işni qiliş lozim" deb qöşimça qildi.
Erdöğan, şuningdek, Suriya hukumat qöşinlarining Halabni ozod qilişi bilan boğliq vaziyatga izoh berdi. Uning aytişiça, şaharni ozod qilişda suriyalik askarlarga Rossiya harbiy-koinot kuçlari yordam bermoqda.
"Siz Suriyada nima qilmoqdasiz? Siz mohiyatan bosqinçisiz", deb aytdi Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yuzlanib.






