Özbekiston xalq artisti, taniqli hofiz Şerali Jörayev bolaligida otasining undovi bilan özini adabiyot ilmiga bağişlaşi mumkin edi, ammo taqdir taqozosi bilan musiqa yölini tanladi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Bundan taşqari, xalq hofizi unda adabiyotga muhabbat uyğotgan şaxs Alişer Navoiy bölganligini alohida ta'kidladi.
“Maktabda öqib yurgan yillarimda otam menga kök rangli qattiq muqovali “Xamsa” sovğa qildilar,- eslaydi Şerali Jörayev.- Kitobning bir betida doston matni,narigi betida baytlarning nasriy bayoni berilgandi. Otam oşnalari bilan oş yeb bölgaç, meni çaqirib, “Xamsa” öqitardi. Sözlarni dona-dona qilib, radiodagi suxandon akalarimizga öxşatib öqiganim otamga yoqardi, şekilli, har zamonda “Şu öğlim, Xudo xohlasa olim böladi”, deb qöyardi. Olim böliş-ku nasib etmadi, ammo hazrat Navoiyga muhabbat bir umrlik hamrohimga aylanib qoldi”.