1994 yilda "Oltin töp" va "Oltin butsa" mukofotlarini qölga kiritgan, öşa yilgi jahon çempionatining eng yaxşi töpurari bölgan bolgariyalik sobiq futbolçi Xristo Stoiçkov bugun 50 yoşini nişonlamoqda.

Stoiçkov 1966 yilning 8 fevralida Bolgariyaning kattaligi jihatidan ikkinçi örinda turuvçi Plovdiv şahrida (poytaxt Sofiyadan keyingi - tahririyat) dunyoga kelgan. U 10 yoşida "Maritsa" nomli mahalliy klubning bolalar jamoasida öynay boşlagan. Stoiçkov bu jamoada 20 yoşigaça qolgan va 1984 yilda "Xebros" jamoasiga, 1 yil ötib Sofiyaning TsSKA jamoasiga ötgan.

Poytaxtliklar safida Xristo 6 mavsum ötkazgan va bu jamoa bilan 3 marta Bolgariya çempioni bölib, 4 marta mamlakat kubogiga ega çiqqan. 1990 yilda bolgariyalik bu futbolçi çempionatda 38ta gol uriş orqali "Oltin butsa" mukofotini qölga kiritgan. 1989-90 yillar mavsumida u jamoasi bilan Kubok egalari kubogi yarim finaligaça borib "Barselona"ga qarşi 2 uçraşuvda mağlub bölgan (2:4 va 1:2). Bu öyinlarda Stoiçkov jamoasining 3ta golini ham özi urgandi. Şu sababli, keyingi mavsumda u kataloniyaliklar safiga ötgan. Uni Ispaniya jamoasi 2 mln funt sterling evaziga xarid qilgan.

"Kök-anorranglilar" safidagi 6 mavsum davomida Stoiçkov 4 marta Ispaniya çempioni böldi va Ispaniya kubogi sohibiga aylandi. Şuningdek, bu vaqt davomida "Barselona" bir marta Yevropa Çempionlari kubogi hamda bir marta Kubok egalari kubogi sohibiga aylandi. Olti mavsum davomida futbolçi bu kataloniyaliklar uçun 83ta gol urgan. 1994 yilda u "Oltin butsa" mukofoti bilan taqdirlangan.

1995-96 yillar mavsumida Stoiçkov Italiyaning "Parma" jamoasi safiga ötdi. 1 yil ötib u yana Kataloniyaga qaytgan.

1997 yilda bolgariyalik Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasida, keyinroq Yaponiyaning "Kaşiva Reysol" (1998-1999 yy), AQŞdagi "Çikago Fayr" (2000-2002 yy) hamda "Di Si Yunayted" jamoalarida öynagan.

Stoiçkov 2003 yilning 1 dekabrida futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan.

U 1987 yildan 1999 yilgaça bölgan muddat davomida milliy terma jamoa uçun 83 öyin ötkazgan va 37ta gol urgan. Uning terma jamoa safidagi eng katta muvaffaqiyati 1994 yilda AQŞ maydonlarida ötkazilgan jahon çempionatiga töğri keladi. Öşa yili Bolgariya termasi turnirning yarim finaliga çiqqan va Stoiçkov 6ta gol bilan turnir töpurarlaridan biri bölgan.