Suriya poytaxti Damaşq şahrida rus maktablari qurilişi uçun yer ajratib beriladi. Bu haqda Rossiyaning Damaşqdagi elçisi Aleksandr Kinşçakka asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

Uning sözlariga köra, Damaşq munitsipaliteti Yangi Damaşq deb ham ataluvçi Qudsiya Al-Jadid mavzesidan 1 ga maydonni quriliş işlari uçun ajratgan.

"Hozirça şunisi aniqki, bu yerga Imperial pravoslav Falastin jamiyati vakillari bölğusi rus maktablarining birinçisi poydevoriga ilk ğiştni qöyiş uçun kelişlari rejalaştirilgan", deydi elçi.

Kinşçakning qayd etişiça, suriyaliklar ham şahar hududida rus maktabi qurilişiga qiziqiş bildirişgan.

Ma'lumot uçun rus tili Suriyadagi barça maktablarda asosiy xorijiy til sifatida öqitilişi joriy qilingan.