Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II London şahriga oddiy fuqarolar kabi oddiy elektriçkaga mingan holda qaytib keldi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar yozgan. Qiroliça Norfolk şahrida ötkazilgan bayram tadbiridan qaytişda şunday yöl tutgan.

Bu holat tasvirlangan suratlarda köriş mumkinki, u poyezd Kins-Linn bekatidan qözğalişini beş daqiqa davomida boşqalar qatori birinçi klass vagonidagi joyida ötirib kutib turgan. Poyezd Londondagi Kings-Kross bekatigaça 1 soatu 40 daqiqa davomida yurgan.

Kins-Linn bekati boşliği Grem Prettning aytişiça, u qiroliçaning Norfolkdagi taassurotlari haqida söragan va undan kutilmagan darajadagi yoqimli javob olgan.

Gazetada qayd etilişiça, Yelizaveta II Buyuk Britaniya temir yöllari xizmatidan foydalanib turadi.