Google’ning kartondan işlangan virtual reallik şlemi Google Cardboard nafaqat qiziq piar-loyiha, balki virtual reallikka çömiş uçun "jiddiy" qurilmani işlab çiqariş oldidan sinov bölganga öxşaydi. The Financial Times naşri ma'lumotlariga köra, Google joriy yilda Samsung Gear VR şlemiga öxşaş haqiqiy şlemni işlab çiqaradi.
Ma'lum qilinişiça, gadjyet plastik korpusdan işlanadi hamda Samsunğning şlemidan köra köproq smartfonlarni qöllab-quvvatlaydi. Naşr manbalarining ta'kidlaşiça, Google’ning VR–şlemi sifatli sensor va linzalar bilan jihozlanadi.
Google Cardboard şlemi 1,5 yil avval namoyiş qilingan va özidan plastik linzalarga ega, smartfon örnatiluvçi yiğiluvçi kartonni namoyon qiladi. Yangi qurilma ham katta darajada smartfonning hisoblaş quvvatiga tayanadi.
The Financial Times naşri ma'lumotiga köra, yangi VR-şlem bahordagi Google I/O anjumanida namoyiş qilinişi, sotuvga esa sentabrda çiqarilişi mumkin. Şlem taqdim qilinişi bilan bir vaqtda Android mobil operatsion tizimining virtual reallikni qöllab-quvvatlovçi modifikatsiyasi Android VR ham taqdim qilinişi mumkin.






