Internetda Lada Vesta Cross universalining seriyali işlab çiqariladigan versiyasi surati paydo böldi. Yangi modelning surati "Avtosreda" naşri tomonidan çop etildi. Barça yöllar uçun möljallangan universal sentabrdan boşlab işlab çiqariladi.

Modelning prototipi 2015 yil avgustda Moskvadagi barça yöllarda yura oluvçi va yöltanlamas avtomobillar körgazmasi Moscow Off-Road Show’da namoyiş qilingandi.
Yangi suratga köra universal körinişi özgargan optika, özgaça ğildirak disklari oladi hamda orqa eşigidagi spoylersiz böladi.

Lada Vesta Cross modeli "AvtoVAZ" kompaniyasining Ijyevskdagi zavodi konveyeriga 2016 yil 25 sentabrda qöyiladi. Beş eşikli avtomobil faqatgina oldi privodli şaklda taklif qilinişi taxmin qilinmoqda, biroq keyinroq uning töla privodli versiyasi paydo bölişi mumkin.

Universal 1,6 litrli, 106 ot kuçiga ega dvigatel hamda beş poğonali mexanik yoki robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan ta'minlanadi.