Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2016 yil fevral oyidan boşlab yoshlar qalbi va tafakkuriga bevosita ijobiy ta'sir körsatadigan, qiziqarli va foydali foto, video, audio va matn körinişidagi ijod namunalarini işlab çiqişga qaratilgan “e-yoshlar” respublika internet tanlovi e'lon qilindi.

Tanlovda barça qiziquvçilar iştirok etiş va ovoz beriş huquqiga ega bölib, u quyidagi uç toifa yoshlar örtasida ötkaziladi:
 - 5-15 yoşlilar, bunda ular yoş xususiyatidan kelib çiqib, özlari yaratgan şe'rlar, kiçik hajmdagi hikoyalar, rasmlar va vatanga muhabbat, yaqinlariga mehr, sadoqat mavzusi aks etgan boşqa ijod namunalari orqali iştirok etadi;

 - 15-25 yoşlilar, ular tanlovda Vatan madhi aks etgan rasmlar, mustaqillik, yurt ravnaqi, yoşlik tarannum qilingan şe'rlar, tabiatimiz manzaralari, tobora yoşarib borayotgan şahar va qişloqlar suratlari va boşqa ijod namunalari bilan iştirok etadi;

 - 25-30 yoşlilar, ular tanlovda tinçlik ne'matining qadri, mustaqillikni asrab-avaylaş, ona vatanga sadoqat, millatga muhabbat, millatlararo totuvlik, dinlararo bağrikenglik mavzulari yoritilgan matn (şe'r, maqola, hikoya, ssenariy) yoki audio-video (qöşiq, qisqametrajli film, rolik, multfilm) mahsulotlari, ilmiy tadqiqot natijalari va boşqa ijod namunalari bilan iştirok etadi.

Qabul qilingan ijod namunalari foydalanuvçilar tomonidan 2016 yil 1 apreldan 30 aprelgaça baholanadi va ğoliblar aniqlanadi.

 

Har bir nominatsiya böyiça sovrinli örinlarni egallagan ğoliblar diplom, pul mablağlari va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişadi.

Tanlovda iştirok etişni istagan yoshlar barça zaruriy ma'lumotlarni www.e-yoshlar.uz saytidan olişi mumkin.