Rossiyaning UAZ avtomobilsozlik kompaniyasi özining avtomobillari uçun yangi emblemasini namoyiş qildi. Bu yangi logotipni oladigan birinçi model modernizatsiya qilingan Patriot yöltanlamasi böladi.

Ulyanov avtomobil zavodi özining 75 yillik tarixi davomida öz logotipini 10 dan köproq marta özgartirgan.

Yangi logotip "UAZ"ning an'analari va tarixi bilan boğliqlikni meros qilgan holda hamda şu bilan birga zamonaviy köriniş va xromlangan fakturaga ega hajmli belgi körinişida işlangan.

Yangi "Patriot" 2016 yilning ikkinçi yarmidan işlab çiqarila boşlanadi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, model barqarorlaştiriş tizimi, kruiz-kontrol, xavfsizlik yostiqçalari va özga körinişdagi asboblar paneli bilan jihozlanadi.