Audi kompaniyasi yangi model –Q2 ixçam krossoverining birinçi tizerini ommalaştirdi. Suratda katta modellar – Q5, Q7, Q3 va ularning yonida bitta böş joy körsatilgan. Premeraning aniq sanasi ma'lum emas, ammo tizerda “tez orada” deb yozilgan. Taxmin qilinişça, maşina mart oyining boşida Jyeneva avtosalonida namoyiş etiladi.

Ötgan yil dekabrida Audi yangi ixçam krossover Q2 deb atalişini tasdiqladi. Ilgariroq matbuotda model Junior deb atalişi yozilgandi, negaki Q2 va Q4 savo belgilarining huquqlari Fiat konserniga tegişli edi. 2016 yil yanvarida Italiya avtomobilsozlari germaniyalik hamkasblariga bu nomlardan foydalanişga ruxsat berişdi.

Audi Q2 Volkswagen konsernining MQB modul platformasi negizida quriladi. Avtomobil A1 xetçbeki bilan bir xil motor gammasiga ega böladi: 140 va 230 ot kuçiga ega benzinli va dizelli motorlar. Krossover ham orqa, ham old uzatmali versiyalarda sotuvga çiqariladi.