Avstraliya qirğoqlarida kamdan-kam uçraydigan oq toşbaqani topib olişdi. Uni Kvinslen qirğoqlarida 122ta yaşil toşbaqa bolalari orasidan topişgan.
Yoş tadqiqotçilarning ma'lum qilişlariça, noodatiy körinişdagi bu toşbaqa bolasi özini odatdagi toşbaqaçalar kabi tutib, boşqalari kabi suvga tomon yönalgan. Uning soppa-soğligi qayd etilgan.
"Uning faqat ranggi boşqaça", deydi guvohlardan biri.
Mutaxassislarning aytişiça, bunday toşbaqa bolalari odatda ulğayişga ulgurişmaydi. Undaylarning 1000tadan bittasigina omon qolişi mumkin va bu toşbaqada ham yaşab ketiş uçun imkoniyat kam.
Bundan oldinroq, Tanzaniyada oq rangli jirafani uçratişgandi.






