The Internet Archive notijorat taşkiloti eski kompyuter viruslariga bağişlangan bölim taşkil qildi. The Malware Museum’ning vazifasi ötgan zamonlar zararli dasturlari qanday şaklda bölgani haqidagi xotirani saqlaşdir.
Kolleksiya kuratori Finlyandiyaning viruslarga qarşi kuraş vositalari bilan şuğullanuvçi F-Secure kompaniyasi vakili Mikko Xermanni Gipponendir.
78 eksponatning katta qismini 80-90 yillarda MS-DOS operatsion tizimi uçun yozilgan sodda troyanlar taşkil qiladi. Onlayn muzey mehmonlari saytda emulyatorni işga tuşirişi yoxud “qurt”ning modifikatsiya qilingan va zararsizlantirilgan versiyasini öz kompyuteriga köçirib olişi mumkin böladi.






