Gaaga mahbuslarni saqlaş markazida Serbiya Respublikasi armiyasi qömondonining örinbosari Zdravko Tolimir qazo qildi, deb xabar beradi TANYuG agentligi.

67 yoşli mahbus nima sababdan olamdan ötgani aniqlaştirilmadi. Serb armiyasining sobiq boş qömondoni Ratko Mladiçga yordamçi bölgan Tolimir sobiq Yugoslaviya böyiça Xalqaro tribunal tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 1992-1995 yillardagi Bosniya uruşida bosniyalik serblar razvedkasi va konttrazvedkasiga nazoratçilik qilgan general insoniyatga qarşi jinoyatlar hamda harbiy jinoyatlarda, xususan, Srebrenitsa va Jyepa anklavlarida musulmonlarni yoppasiga qirğin qilişga aloqadorlikda aybdor deb topilgan edi.
U özining aybini tan olmagandi.