Suriyaning kelajagi katta jihatdan u bilan qöşni davlatlarga boğliq, deb yozmoqda Financial Times naşri.
Naşrning ta'kidlaşiça, Yaqin Şarqda sahna oldida öz şartlarini diktovka qilayotgan hududiy "aktyorlar" turibdi. Mintaqadagi vaziyatning rivojlanişi kelişmovçiliklarga qaramasdan Suriyada öz harakatlarini muvofiqlaştira olgan Rossiya va AQŞdan emas, balki katta jihatda qöşni davlatlarning murosaga keliş uquvi va istagiga boğliq.
Ta'kidlanişiça, yaqin kunlargaça Suriyada Rossiya aviatsiyasi va Suriya hukumat qöşinlari kelişmagan holda harakat qilayotgandilar. Biroq Başar Asad armiyasining Halabdagi muvaffaqiyatlari hamfikrlikni yölga qöyişga muvaffaq bölinganidan darak beradi.
Biroq, Damaşq tez orada ğalabaga erişişga umid qilmasa böladi, çunki muholif kuçlar qöşni davlatlarga, misol uçun Turkiya va Saudiya Arabistoniga yordam sörab murojaat qilişi mumkin.






