“Men sizni topgunimça”. Ha, öz yölini, öz muxlislarini “topguniça” Gulsanam Mamazoitova qança ter tökkani haqida muxlislarning bilganidan bilmagani köpligi aniq. Aytiş kerakki, bugun xonandaning ijodini qadrlaydigan, hurmat qiladigan, tan oladigan va yaxşi körib, tinglaydiganlar kam emas. Ana şunday ixlosmandlar ayni kunlarda “Istiqlol” san'at saroyiga, xonandaning “Men sizni topgunimça” nomli konsertiga oşiqmoqda.

Beş kunlik konsert dasturiga Gulsanam Mamazoitova jiddiy tayyorgarlik körgan. Sahna dekoratsiyasi, liboslar, raqslar, rang-barang qöşiqlar, sozlarning jonli ovozi uyğunligi va jonli ijro. Har bir detalni e'tibordan çetda qoldirmaslikka harakat qilingan.

Ayniqsa, “Soğlom ona va bola yili”ga bağişlangan, bolalar bilan birga kuylangan qöşiq köpçilikka manzur böldi. Bolalar belgilangan qöşiqni yuksak darajada ijro etişmagan bölsa-da, ulardagi beğubor ovozlar yuraklarni zabt eta oldi. Har holda mazkur sahnada mana-man degan ayrim “yerdagi yulduzlar”ning jonli qöşiq aytişga jur'ati va imkoniyati yetmayotgan bir paytda bu, albatta, taqsinga loyiq holat.

Odamlar, jonli ijro zavqini his qiladiganlar, konsertdan özlari qidirganlarini topişmoqda. Yuragida öti borlar ayrim şinavandalar esa raqs tuşişdan ham tortinişmayapti. Zalda iliq ob-havo hukmron, deyiş mumkin.