AQŞ prezidenti Barak Obama selfi tuşişni yoqtirmasligini tan oldi. Uning fikriça, bu insonlarning oddiy kommunikatsiyalari, jumladan, qöl berib salomlaşişning örnini egallamasligi lozim. Öz fikrlarini davlat rahbari 10 fevral kuni Illinoys ştatidagi Springfilddagi “Xuglend” san'at markazidagi öz tarafdorlari bilan uçraşuv çoğida aytib ötdi, deb xabar beradi BuzzFeed portali.

“Men birinçi saylovoldi poygasini boşlaganimda smartfonlar bölganda edi, şunda ham prezidentlikka da'vo qilgan bölardim, deb öylamayman, - dedi Obama. – Negaki hozir odamlarda telefonlar bor va ular bir-birining qölini siqib qöyişi şartmas”.

Söng u pantomima usuli bilan selfi tuşiş jarayonini körsatdi-da, xayoliy suhbatdoşiga: “Ey, umuman olganda, men bu yerda, qarşingdaman”, dedi.

“Şu bois bugun selfi qilmaymiz, lekin qança kerak bölsa, şunça qöl siqişamiz”, - xulosa qildi prezident, töplanganlarga murojaat qilarkan.