«PSJ» jamoasi boş murabbiy Loran Blan bilan yangi bitim imzoladi.

Parijliklar rahbariyati 50 yoşli mutaxassis bilan hamkorlikni 2018 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirişga kelişib olgan. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Bungaça amalda bölgan şartnoma 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Ma'lumot uçun, Loran Blan 2013 yilda jamoa boşqaruviga kelgandi. Uning rahbarligidagi jamoa Fransiya çempionatida 2 marta ğolib çiqdi, 2 marta Fransiya ligasi kubogini qölga kiritdi va bir marta Fransiya kubogiga ega böldi.

Joriy mavsumda jamoa 25 tur öyinlaridan keyin ikkinçi örindagi «Monako»ni 24 oçkoga ortda qoldirgan holda turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda.