Rossiya aloqa va kommunikatsiyalar vazirligi Rossiya orqali internet trafikning ötişini davlat tomonidan nazorat qilinişi töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqdi. Bu haqda "Vedomosti" gazetasi xabar bermoqda.

"Vazirlik "internet tarmoğining global adresatsiyasi va global identifikatorlari (DNS va IP-adreslar) zaxiralaridan foydalanişni" davlat monitoringi tizimini yaratişni taklif qilmoqda. Bu tizim runet infratuzilmasining kritik elementlari işini kuzatişi kerak", deyilmoqda xabarda.

Bundan taşqari, qonun loyihasi xorijiy aloqa kanallari va trafik bilan almaşiş nuqtalarini köproq nazorat qilinuvçi qilişni taklif qilmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga köra, "xalqaro aloqa kanallarini ma'lumotlarni transçeragaviy uzatişga ruxsati bölgan operatorlar taşkillaştira oladi".

Şuningdek, operatorlarga maxsus davlat reyestriga kiritilgan trafik bilan almaşiş nuqtalaridangina foydalaniş majburiyatini qöyiş rejalaştirilmoqda.

Bir amaldorning gazetaga aytişiça, uşbu yangi qoidalar davlat hokimiyati organlariga internetning Rossiyaga tegişli segmenti qanday işlaşini tuşunişlariga yordam beradi va "buning barçasi davlat runetni taşqi hujumlardan himoyalay olişi uçun kerak".