Xitoyning Golden Brick Capital Management, Beijing Kunlun Tech va Yonglian Investment kompaniyalari konsorsiumi Opera Software kompaniyasini 1.2 mlrd dollarga sotib olişga tayyorligin bildirdi.
Ötgan yili Opera brauzerini işlab çiqaruvçi Opera Software kompaniyasi rahbariyati öz biznesini sotişi mumkinligini aytgandi. Norvegiyaning yirik kompaniyasi öşa paytdayoq bir qator manfaatli takliflar olgandi. Ammo bundan ortiq ma'lumot oşkor etilmagandi.
Endi ma'lum bölişiça, Xitoy kompaniyalari guruhi brauzer işlab çiqaruvçisini 10.5 mlrd Norvegiya kronasi (1.2 mlrd dollar) evaziga sotib oladi. Kompaniya direktorlar kengaşi şartnomani ma'qullab, aksiyadorlarni taklifni qabul qilişga undagan.






