Toşkent davlat agrar universitetida “Yoşlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalişiga qarşi kuraş va içkilikbozlikning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bölib ötdi. Unda mutaxassislar, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, universitet professor-öqituvçilari va talabalar iştirok etdi. Unda söz olganlar giyohvandlikning inson salomatligiga salbiy ta'siri hamda jamiyatga keltiradigan zarari, şuningdek, turli jinoyatlarga yöl oçişi mumkinligini jonli misollar orqali tuşuntirib berişdi.

“Giyohvandlik nihoyatda qiyin davolanadigan kasalliklar turiga kiradi. Uni iste'mol qiluvçi şaxsning işlaş qobiliyati yöqoladi. Ijtimoiy jihatdan foydali işlarni bajarolmaydi, ruhiyatida jiddiy özgarişlar sodir bölib, pul va molga hirs qöyiş illati vujudga keladi. Agar undan farzand tuğilsa, gödak ham köp kamçiligu nuqsonli böladi”, deyildi anjumanda.

Tadbirda talabalar mavzu böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegişli javoblar olişdi.