BAAlik millioner Şarja şahridagi savdo markazida bir qizning 200 dirham turadigan telefonini öğirlayotgani kuzatuv kameralarida qayd qilindi. Politsiya tomonidan qölga olingan erkak bu işni nega qilganini özi ham tuşunmaganini tan oldi.

Şarjadagi savdo markazlarida boy insonlar tomonidan öğirlik sodir etilişi köp bora kuzatilgan. Jumladan, bir boy ayol non öğirlagani şov-şuvga sabab bölgandi. Lekin bunday masalalarning köpçiligi voqea joyida, politsiyaning aralaşuvisiz hal qilinadi.

"Bunday hodisalarning aksariyati mayda öğirliklar bölib, oldindan rejalaştirilmagan böladi. Lekin, bunday mayda öğriliklar sodir bölişi savdo mavsumi boşlangan vaqtda ortadi va hatto har kuni röy berişi ham mumkin", deydi hudud politsiyasi boşliği Xalifa Abdulloh.

"Bir safar şunga öxşaş hodisa juda hayron qolarli edi. Öşanda bir qiz 200 dirhamlik telefonni ömarganida qölga tuşgandi. Holbuki, u dökonga 500 000 dirhamlik avtomobilda kelgan", deya eslaydi u.

Politsiya rahbari yana bir şunday holatni eslab ötgan.

"Bir safar bir tadbirkor ayol mahalliy supermarketdan qora non solingan paketni öğirlagan. Uni tutişganida ham u bu işni beixiyor amalga oşirganini aytgan. Bunday holatlarning aksarida risoladagidek, biron narsaga zoriqmagan kişilar öğirlikni amalga oşirişadi. Buni ruhiy ehtiyoj deb izohlaş mumkindir. Balki, undaylar şu işni amalga oşirganlaridan keyin içki qoniqiş hosil qilişar", deydi politsiya boşliği.