Bugun armiya yoşiga yetgan har bir yigit askar bölib, Vatanni himoya qilişni xohlaydi. Biroq bu maqsadga erişiş uçun orzuning özi kamlik qiladi. Çunki armiya saflariga jalb qilinayotgan yigitlar bir neça bosqiçdan iborat saralaş jarayonlaridan ötişmoqda.
Toşkent şahar Mudofaa işlari boşqarmasi, çaqiruv bölimi boşliği katta yordamçisi mayor Bahodir Tursunov “Darakçi” gazetasi muxbirining mavzu borasidagi savoliga atrofliça javob berdi.
Unga köra, armiya yoşiga yetgan yigitlar dastlab tuman, söng şahar çaqiruv komissiyasida birinçi bosqiçdagi tibbiy tekşiruvdan ötadi.
Soğlom deb topilgan yigitlarning ikkinçi bosqiçda jismoniy tayyorgarlik darajasi tekşiriladi. Nomzodlar 100 metrga yuguriş, 3 km.ga yuguriş va turnikda tortiliş maşqlarini bajaradi.
Şundan söng, ona-tili va adabiyoti, Özbekiston tarixi va matematika fanlaridan test sinovlarini topşirişadi.
MXX Çegara qöşinlarida xizmat qilişni istaydigan yoşlar esa yuqorida keltirilgan talablardan taşqari yana bir jihatdan ham töğri kelişi şart. Ya'ni bölajak harbiy xizmatçining böyi 1 metru 70 sm.dan, vazni 60 kg.dan past bölmasligi kerak.






