General Motors avtokonserniga tegişli Opel brendi 2017 yilda özining ilk elektromobilini taqdim etadi, deb xabar bermoqda konsern boş direktori Meri Barrga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.
Uning aytişiça, yangi 5 örindiqli avtomobil Ampera-e deb nomlandi va hamyonbop narxlarda sotiladi. Maşinaning qayta quvvatlanişsiz ötiş yöli körsatkiçi köpçilik elektromobillarnikidan yuqoriroq böladi.
Yangi elektromobil kompaniyaning yangilangan model qatori doirasida taqdim etiladi. Taxminlarça, elektromobil 2014 yilda paydo bölgan Volkswagen kompaniyasining e-Up! va e-Golf modellariga raqobatçi böladi.
Yangi modelda uning saloni poli ostiga joylaştiriladigan yassi akkumulyator örnatiladi, bu salon va yukxona uçun köproq joy qoldirişga imkon beradi.






