Raqsga tuşiş, sport va ijod bilan şuğullaniş, kuylaş, şunçaki emas, balki yoş yoki taniqli estrada xonandasi bilan bir sahnada çiqiş qiliş uçun vokal darslariga muntazam qatnaşiş.
Eng asosiysi-har bir maşğulot besamar ketmaganini körsatiş, ota-ona va döstlar oldida hisobot beriş, omma bilan işlay oliş könikmalarini körsatiş, sahnaga ilk qadam qöygandagi va u yerdagi hamma projyektorlar senga qaratilgandagi qörquvni yengiş, musiqa va uning tarixini guruhdoşlaring bilan birga his etiş, özingni guruhning tarkibiy qismi sifatida seziş va har bir harakatni maksimal darajada ketma-ket olib boriş.
Zalning guldiros qarsaklari, fotokameralar ovozini eşitiş, atrofda yugurib yurgan operatorlarni köriş, smartfonlar kameralari markazida böliş, çuqur nafas olib, öz kuçingga işonçni his etiş, birinçi guldastani oliş(Ota-onalar tomonidan uyuştirilgan bölsa ham) muvaffaqiyat jurnaliga yana bir kiçik muvaffaqiyatni qöşib qöyiş.
7 fevral kuni 4 yoşdan boşlab 100 ga yaqin iştirokçilar bilan navbatdagi “Raqs ohangida” hisobot konsert dasturini ötkazgan DLUX raqs studiyasining maqsadi xuddi şunday.
Tadbirga homiylik qilgan «Musaffo», «ForKids», «Soçnaya dolina», «BonCake» kabi savdo belgilarining ham ğoyasi şu.


Kontsertga iştirokçilar uç oy mobaynida tayyorgarlik körişdi va milliy raqs,zamonaviy xoreografiya, dancehall, hip-hop, jazzfunk, bolalar gimnastikasi, bolalar raqsi, vokal, lazgi, lady’sstyle va Lontin Amerikasi raqslari yönalişlarida çiqiş qildi.
Kontsertda bolalarni qöllab-quvvatlaş uçun SeTanho guruhining yakkaxoni Laylo Galiyeva hamda yoş xonanda Uluğbek Holiqov taşrif buyurib, iştirokçilar bilan bir sahnada qöşiq ijro etdi.
Özbekiston davlat sirki artistlarining ajabtovur akrobatik tryuklari bilan konsert yanada qiziqarli ötdi.
Kontsertning barça iştirokçilari va DLUX raqs studiyasi pedagoglari minnatdorlik yorliqlari va homiylarning esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Indira, Leysanning onasi:

Bugun Leysan badiiy gimnastika böyiça çiqiş qiladi. DLUX raqs studiyasida biz beş oydan beri şuğullanamiz, konsertga 2,5 oy tayyorgarlik kördik ya'ni biz tanlab olingan qizlar guruhida edik, natijani bugun köramiz. Farzandlaringni sahnada köriş, ulardagi ijodiy qobiliyatning rivojlanayotganini his etiş-kişiga katta quvonç baxş etadi. Tabiiyki, köproq bayramlar bölişini, bolalarning kulgusini köproq körişni istaysan.