AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan milliarder Donald Tramp Rim papasi Frantsiskning AQŞ va Meksika çegarasidagi hududga amalga oşirişni rejalaştirgan taşrifiga tanqidiy munosabat bildirdi. Bu haqda Time naşri xabar tarqatgan.
Trampning fikriça, papa Frantsisk AQŞdagi migratsiya muammolari haqida yaxşi tuşunçaga ham ega emas.
"Men hisoblaymanki, Rim papasi siyosiy şaxs sifatida gavdalanmoqda. Lekin u bizning mamlakatimizdagi muammolarni tuşunmaydi. U Meksika bilan çegarani oçib qöyişning naqadar xavfli ekanini bilmaydi", deydi Tramp.
Uning işonç bilan aytişiça, çegaralarning oçilişi faqat Meksika uçun foydali, AQŞ esa bundan faqat yutqazadi.
Bundan oldinroq, Tramp meksikaliklar uçun viza tölovlarini oşirişni va bundan töplangan mablağ evaziga Meksika bilan çegarada devor qurişni taklif qilgandi.






