Toşkent şahrining Mirobod tumanida qurilgan yangi Politexnika muzeyida "Android kuni - insonga öxşaş ilk robot" nomli texnik körgazma ötkaziladi. Bu haqda muzeyning feysbukdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilingan.

Taşkilotçilar haqiqiy şou va'da qilişmoqda. Uşbu marosim 24 fevral kuni dunyodagi ilk insonga öxşaş robotni yaratgan olim Jak de Vokansonning tavallud kuni munosabati bilan taşkil etiladi.

Robotlar körgazmasi va "Robotlarning yulduzli jangi" şousi tadbirning asosiy qismi bölişi rejalaştirilgan. Marosimda iştirok etuvçilarning murojaatlari 17 fevral kuniga qadar qabul qilinişi belgilangan.