"Barselona" himoyaçisi Daniel Alves ayni vaqtda "Bavariya"ning boşqarib turgan sobiq ustozi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlarini bildirib ötdi.
"Uning muvaffaqiyatlari siri şundaki, u futbolçilarga boşqalar köra olmaydigan jihatlarni körişni örgatadi. U futboldagi Eynşteyndir.
Gvardiola özgarişlar amalga oşirişni yoqtiradi, inqilob qilib bölmaydigan joyda esa u özini noqulay his qiladi. Men şubha qilmaymanki, u öz faoliyatida yutuqlarga erişişda davom etadi. Çunki, u futboldagi öziga xos alohida şaxs.
U öziga kerakli barça narsa muhayyo qilinişini istaydi. Angliyada uni hurmat qilişadi va u istagan barça şaroitlarni yaratib berişlari aniq. Angliya u işlaşi uçun eng yaxşi liga.
YeÇLda ğalaba qozonişmi? Unga buni uddalaş qiyin bölişi aniq. Çunki, u "Mançester Siti"ga borgaç, yaxlit jamoa yaratiş uçun köp kamçiliklarni yöqotişi talab etiladi", deya Alvesning sözlarini keltiradi The Times.






