Futzal böyiça Osiyo çempionatining 2-turida "A" guruhi vakillari Özbekiston va Qirğiziston terma jamoalari örtasida uçraşuv ötkazildi.

Qirğiziston terma jamoasi öyin boşida himoyaviy taktika tanlab, asosiy e'tiborga qarşi hujumga qaratdi. Natijada turnir mezbonlari ularning mudofaasini yorib ötişda qiynalişdi. Qarşi hujumda raqib futbolçisining zarbasi Umarov qöriqlayotgan darvoza tösiniga tegib qaytgan bölsa, Şlyoma birga bir vaziyatda imkoniyatdan foydalana olmadi. Birinçi bölim durang bilan yakunlanayotgandek köringan vaziyatda qirğizlarning hujumi paytida terma jamoamiz darvozani işğol qildi. Rahmatov öng qanotdan oldinga ötdi va öying oyoqda zarba berdi. Töp darvozabonning oyoqlari orasidan ötib, törga borib tuşdi. Bu vaqtda birinçi bölim tugaşiga 1 soniya vaqt qolgandi.

Ikkinçi bölimning boşlanişi Özbekiston vakillari uçun omadli böldi. Raqiblar darvozaboni Kirill Yermolov 4 soniya davomida töpni öyinga kiritişga ulgumadi va qirğizistonliklarning darvozasi tomon 6 metrli jarima zarbasi belgilandi. Irsaliyev yetkazgan uzatmani Dilşod Rahmatov darvozaga joyladi.

Ikkinçi bölimning ikkinçi yarmiga kelib qirğizistonliklar asta-sekin oldinga öta boşlaşdi. Öyin tugaşiga 5 daqiqa qolganida ular beşinçi öyinçi taktikasidan foydalana boşlaşdi. Uçraşuv yakunlanişiga 43 soniya qolganida Maqsadbek Alimov hisobiga gol yozib, öyin hisobini qisqartirdi.

Öyinda hisob özgarmadi va Özbekiston ikkinçi öyinda ham ğalaba qozonib, muddatidan avval guruh ğolibligini qölga kiritdi. Özbekiston terma jamoasi sönggi uçraşuvni 14 fevral kuni Livanga qarşi ötkazadi.

Futzal böyiça Osiyo çempionati, "A" guruhi, 2-tur
QIRĞIZISTON - ÖZBeKISTON 1:2
Gollar: Maqsadbek Alimov (40) - Dilşod Rahmatov (20, 23)
Qirğiziston: 1.Kirill Yermolov, 3. Nurjan Jyetibayev, 7.Ruslan Yermakov, 10.Rustam Yermakov, Emil Kanetov
Zaxira: 2.Marlis Degimbayev, 4. Yevgeniy Malinin, 5.Erkin Tabaldiyev, 6.Dilşod Qodirov, 8.Ilyas Çotbayev, 9.Maqsadbek Alimov, 11.Mirlanbek Abduqodirov, 12. Nikolay Şamonin, 13.Ulanbek Bayğaz uulu
Özbekiston: 1.Rustam Umarov, 2.Dilşod Irsaliyev, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov
Zaxira: 3.Nodir Eliboyev, 4.Feruz Faxriddinov, 5.Davron Çoriyev, 6.Javlon Anorov, 7.Dilşod Rahmatov, 9.Andrey Şlyoma, 10.Jamoliddin Şaripov, 12.Akmal Hazratqulov, 13.Klim Tyugayev.