AQŞ Oliy sudi rahbari Jon Roberts hakam Antonin Skalianing vafoti haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Sud va öz lavozimini tark etgan hakamlar nomidan bizning hamkasbimiz Antonin Skalia vafot etganini çuqur iztirob bilan ma'lum qilaman", deyilmoqda xabarda.

Robertsning ta'kidlaşiça, Skalia "hamkasblari hurmatiga sazovor bölgan atoqli odam va huquqşunos bölgan".

Roberts Skalianing yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Skalia Oliy sud hakami lavozimiga tayinlanişi böyiça eng keksa hakami bölgan. Uni bu lavozimga 1986 yilda AQŞ prezidenti  Ronald Reygan tayinlangan. Associated Press axborot agentligi ma'lumotlariga köra, hakam Janubiy Texasdagi uyida 12 fevraldan 13 fevralga ötar keçasi 79 yoşida vafot etgan. Uning vafot etganini ertalabki nonuştaga kelmaganidan keyin aniqlaşgan.