"AvtoVAZ" kompaniyasi özining yangi modeli LADA Xray’ni Rossiyada sotişni boşlaydi. Maşinalar 14 fevralda 57 ta şahardagi 124 ta dilerlik markazida har bir mintaqa uçun mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da sotilişi boşlanadi.
Maşina eng kami bilan 16-20 ming dona, köpi bilan esa 25 ming dona sotilişi kutilmoqda.
LADA Xray hozirça faqat Rossiyada savdoga çiqariladi, mart oyidan esa Vengriyaga eksport qilinişi boşlanişi mumkin. Maşina, şuningdek, Misr bozoriga ham jönatilişi ehtimoli bor. Avvalroq maşinani Italiya, Germaniya hamda Yaqin Şarq davlatlariga eksport qiliş rejalari ma'lum qilingandi.
Kompaniyada Xray modeli KIA Rio xetçbeki, Hyundai Solaris, Renault Sandero Stepway kabi modellar bilan raqobatlaşişi mumkinligi aytilmoqda.
Kompaniya 28 yanvarda Xray’ning turli komplektatsiyalari uçun narxlarni e'lon qilgandi. Modelning eng arzon varianti narxi 589 ming rublni, eng qimmatbaho varianti narxi esa 723 ming rublni taşkil qiladi. Maşinaning Optima deb ataluvçi bazaviy komplektatsiyaga 1,6 litrli, 106 ot kuçiga ega LADA motori, mexanik uzatmalar qutisi, ikkita frontal xavfsizlik yostiği, yönaliş barqarorligi tizimi ESC (ABS va buksovka qilişga qarşi tizimni öz içiga oladi), yuqoriga harakatlanişda yordam beruvçi tizim, audiotizim, favqulodda ogohlantiriş tizimi ERA-GLONASS va boşqa optsiyalar kirgan.
Kuçliroq motorga ega (110 ot kuçi) Xray varianti Comfort qöşimça qurilmalar, jumladan örindiqlarni isitiş tizimi va konditsioner bilan jihozlangan hamda 628 ming rubldan taklif qilinadi. Xuddi şunday, biroq 122 ot kuçiga ega, 1,8 litrli motor va avtomatlaştirilgan transmissiya bilan jihozlangan varianti narxi 653 ming rublni taşkil qiladi.
Xray’ning flagman variantlari uçun Prestige paketi taklif qilinmoqda, u old oynani isitiş tizimi, orqani köriş kamerasi, klimat-kontrol, yomğir va yoruğlik datçiklari hamda oynalarning kuçaytirilgan tonirovkasini öz içiga oladi. Bunday avtomobilning 1,6 litrli motor va mexanik uzatmalar qutisiga ega varianti 698 ming rubl, 1,8 litrli motor va avtomatik uzatmalar qutisiga ega varianti 723 ming rubldan sotiladi.
LADA Xray seriyali tarzda 2015 yilning 15 dekabridan işlab çiqarila boşlandi. U özidan SUV (yöltanlamas) uslubidagi ixçam baland xetçbekni namoyon qiladi. Model "AvtoVAZ"ning Renault Nissan alyansi bilan hamkorligida yaratilgan. Yangi model uçun 500 dan köproq original detallar yaratilgan.
LADA Xray loyihasi rahbari Oleg Grunenkovning ma'lum qilişiça, kompaniya 2016 yilda bunday maşinalardan 20 mingtadan köproq çiqarmoqçi, vaholanki yiğiş liniyasi yiliga 60 mingdan köproq avtomobil çiqarişga qodir.






